Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tadbirkorlarni noqonuniy tekshirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi

Tadbirkorlarni noqonuniy tekshirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumani hokimi boshchiligida tegishli mas’ullar, tuman hududida tadbirkorlik sub’ektlarini, jumladan kafe va oshxonalar faoliyatini reyd shaklida tekshirgani aks etgan video tarqaldi va tadbirkorlar, aksariyat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi qonuniy tadbirkorlik tarafdori va har qanday noqonuniy faoliyatni qoralaydi.

Ayni paytda, tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkaziladigan har qanday tekshiruvlar ham qonun doirasida va belgilangan tartibga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar mazkur qonunda belgilangan tartibotga qat’iy rioya qilingan holda nazorat qiluvchi organning qaroriga binoan vakolatli mansabdor shaxslar tomonidangina amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, partiyamiz mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq hatti-harakatlarda qonun talablariga qat’iy rioya etishlari, prokuratura organlari esa, Yangiyo‘l tumanida tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan reyd tekshiruvining qonunlarga muvofiqligi yuzasidan huquqiy baho berishi lozim, deb hisoblaydi.

O'zLiDeP matbuot xizmati

Kiritildi: 19:13 27.11.2023. O'qildi: 1977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!