Majlisda ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Kelgusi yillarda bog‘chalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa qilib belgilandi.
Buning uchun xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablag‘lari hisobidan 2025 yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bog‘cha va 379 ta maktab ta’mirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion so‘m ajratilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ham berilish aytildi.