Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tadbirkorlar uchun qulaylik! Endilikda qog‘ozda ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlari elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi

Tadbirkorlar uchun qulaylik! Endilikda qog‘ozda ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlari elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha qonuniy asoslarni takomillashtirish va aniq yo‘naltirilgan amaliy choralar ko‘rishga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

«Jumladan, biznes yuritish, lisenziya va ruxsatnomalarni olish bo‘yicha kiritilgan yangiliklar amaliyotda hali to‘liq ishga tushib ketmayotgani tanqid qilindi.

Xususan, Davlat xizmatlari yagona reestriga kiritilgan 693 ta xizmat turidan atigi 103 tasi yoki 15 foizi Davlat xizmatlari markazlari orqali va elektron tarzda ko‘rsatilmoqda, xolos. Qayd etishlaricha, bu tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan shaxslarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Shuning uchun, Adliya vazirligiga tadbirkorlarga onlayn tizimda axborot-maslahat xizmatlarini joriy etish, qog‘ozda ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha bir oy muddatda tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirilgan», — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

 

Kiritildi: 08:18 12.09.2019. O'qildi: 1421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!