«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan «SNG.G.S.» MCHJga qarashli AGTKSh tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
O‘rganish davomida ushbu avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 1 milliard 136 million so‘mni tashkil etgan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi.