Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tabiiy gaz uchun yig‘ilgan mablag‘larni qo‘lga kiritgan rahbarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tabiiy gaz uchun yig‘ilgan mablag‘larni qo‘lga kiritgan rahbarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.” oilaviy korxonasi rahbari S.B. “Yangiariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga qarashli binoda shartnoma asosida “Paynet” tizimi agenti sifatida aholidan xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 2020 yilning sentyabr-dekabr oylarida hududdagi 183 ta xonadondan tabiiy gaz ta’minoti uchun qabul qilingan 46,6 mln so‘mni, fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan iste’molchining shaxsiy hisob-raqamlariga o‘tkazmasdan firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan S.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:18 02.02.2021. O'qildi: 2405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!