Malta bayrog‘i ostidagi Ruby yuk kemasi Afrikaga yo‘lda Rossiya o‘g‘itini olib ketayotganda shikastlangan va o‘tgan oydan buyon Shimoliy Yevropa qirg‘oqlarida suzib yurgan. U mahalliy portlarga ta’mirlash uchun kira olmaydi – ular yuk, ammiakli selitra portlashi mumkinligidan qo‘rqib, uni qabul qilishni istamayapti, deb yozadi The New York Times.
Gazetaning yozishicha, Ruby 2023 yil avgustida Murmansk viloyatining Kandalaksha shahridagi portni tark etgan. Bortda Afrika portlaridan biriga yetkazib berish uchun 20 ming tonna ammiakli selitra bor. Kandalakshani tark etgach, ko‘p o‘tmay, kema quruqlikka tushib qoldi. Natijada korpusda bir nechta yoriqlar paydo bo‘lgan, rul va parvona shikastlangan.
1-4 sentyabr kunlari kema Norvegiyaning Tromsyo portida bo‘lib, u yerda ko‘rikdan o‘tkazilib, boshqa davlatdagi portga ta’mirlash uchun jo‘natilgan. Ruby Klaypeda tomon yo‘l oldi, lekin Litva portga kirishiga ruxsat bermadi. Mahalliy hukumatlar yuk portlashi mumkinligidan xavotirda.
Litva rasmiylari Rubyni «suzuvchi megabomba» deb atagan va Yevropa siyosatchilariga Rossiyaning ehtimoliy sabotaji haqida ogohlantirgan. Shundan so‘ng kemaning Maltaga qo‘shilishiga ruxsat berilmagan.