Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Suzish federasiyasi Bosh kotibining oila a’zolari va jami 15 kishi byudjet puliga Turkiyada dam olib kelgani ma’lum bo‘ldi

Suzish federasiyasi Bosh kotibining oila a’zolari va jami 15 kishi byudjet puliga Turkiyada dam olib kelgani ma’lum bo‘ldi

Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston suzish federasiyasi mansabdor shaxslari tomonidan suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan terma jamoa a’zosi bo‘lmagan, aslida Federasiya Bosh kotibi A.G.ning oila a’zolari bo‘lgan N.G., M.G va boshqa jami 15 nafar fuqarolarni Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln. so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Shuningdek, amalda o‘tilmagan o‘quv - mashg‘ulot yig‘inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, Federasiyaga xalqaro musobaqa va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd. so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Kiritildi: 17:19 12.09.2024. O'qildi: 1511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!