Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Suvaraklar” Hindistonda saylovchilar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqishga qarshi bosh ko‘tardi

“Suvaraklar” Hindistonda saylovchilar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqishga qarshi bosh ko‘tardi

“Suvaraklar” Hindistonda saylovchilar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqishga qarshi bosh ko‘tardi, yuzlab odamlar hibsga olindi.

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli Saylov komissiyasi rahbarining iste’fosi talab qilinib, ommaviy norozilik namoyishlar o‘tkazilmoqda. Namoyishlar kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shahar bo‘ylab minglab polisiyachilar va harbiylashtirilgan kuchlar joylashtirildi. Poytaxt markazida mobil internet o‘chirildi. O‘nlab metro stansiyalari va bozorlar yopildi.

Polisiya yuzlab namoyishchilarni, jumladan, “Suvaraklar xalq partiyasi” (Cockroach janta party) yoshlar harakati asoschisini qo‘lga oldi. Tashkilotchilarning bildirishicha, “Suvaraklar xalq partiyasi” asoschisi Abhijit Dipke hamda partiyaning yuqori martabali yetakchilari Saurav Das va Ashutosh Ranka Mumbaydan Nyu-Dehliga uchib kelganida samolyotning o‘zida ushlangan.

Harakat o‘z yetakchilarining ushlanishini avtoritar harakat deb qoraladi. Ularni zudlik bilan ozod qilish talab qilindi va namoyishlar davom etishi bildirildi. Muxolifatdagi ba’zi deputatlar va sobiq bosh vazirlar — G‘arbiy Bengaliya shtatidan Mamata Banerji va Dehlidan Arvind Kejrval ham qo‘lga olindi.

Namoyish saylovchilar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surgan Hindiston Saylov komissiyasi rahbari Gyanesh Kumarga qarshi qaratilgan. Muxolifat partiyalarining da’vo qilishicha, saylovchilarning ro‘yxatdan o‘chirilishi bosh vazir Narendra Modining BJP partiyasi g‘alaba qozongan ba’zi shtatlardagi natijalarga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruv davomida 130 millionga yaqin saylovchi ro‘yxatdan chiqarilgan.

Kiritildi: 19:46 10.10.2026. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!