Indoneziya, Tailand, Shri-Lanka va Malayziyada yuz bergan suv toshqinlari natijasida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, deya yozmoqda The Guardian
Janubi-sharqiy Osiyoning uch mamlakati – Indoneziya, Malayziya va Tailandda bir hafta davom etgan kuchli yomg‘irlar, shamol va ko‘chkilar oqibatida yuzlab insonlar halok bo‘ldi, 4 milliondan ortiq odam jabrlandi.
Tailand janubida talofatlar ayniqsa og‘ir bo‘lib, deyarli 3 million kishi jabr ko‘rgan. Tailand sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lganlar soni 170 kishiga yetganini va bu raqam yanada oshishini bildirgan.
Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra hududida esa toshqin 1,1 milliondan ortiq aholiga zarar yetgan. Indoneziyada halok bo‘lganlar soni bir kun ichida 303 nafardan 435 nafarga oshgan. G‘arbiy Sumatra provinsiyasida ko‘chkilar qishloqlarni vayron qilgan, ko‘plab aholi punktlari bilan aloqa uzilgan. Qutqaruvchilar vertolyotlar yordamida yo‘l orqali yetib bo‘lmaydigan hududlarga yordam yetkazmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, Indoneziyada 406 kishi bedarak yo‘qolgan, 213 mingdan ortiq odam uyini tark etgan.
Shuningdek, Shri-Lankada siklon oqibatida kamida 153 kishi halok bo‘lgan, 191 kishi bedarak yo‘qolgan va yarim milliondan ortiq odam jabrlangan.
Nashrning qayd etishicha, bu 2004 yildagi halokatli sunami voqeasidan beri mintaqada kuzatilgan eng kuchli tabiiy ofatdir, deya yozmoqda The Guardian.