Viloyat hokimligiga ko‘ra, “Xo‘jaipok” TISICh magistral suv tarmog‘i va Tarqatish bo‘limidagi yuqori bosimli suv quvurlari almashtiriladi.
Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda 15 aprel soat 09:00 dan, 18 aprel soat 12:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
🔸Oltinsoy tumani;
🔸Qumqo‘rg‘on tumani;
🔸Bandixon tumani;
🔸Qiziriq tumani;
🔸Sherobod tumani;
🔸Muzrabot tumani;
🔸Angor tumani.
Bu hududlarga ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.