Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi “1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallarini topshirishni davom ettirmoqda.
🎖 Navbatdagi medal Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yashovchi, butun urushda razvedkachi bo‘lgan va Berlingacha yetib borgan faxriy Shoximardon Hamroyevga topshirildi.
“Biz G‘oliblar avlodi ekanimiz bilan faxrlanamiz! Sizga chin dildan uzoq umr va eng yaxshi tilaklarni tilaymiz! Hech kim va hech narsa unutilmaydi!”, - deyiladi elchixona xabarida.