Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryolik erkak qizini ko‘rishiga qarshi bo‘lgani uchun xotinini pichoqladi

Surxondaryolik erkak qizini ko‘rishiga qarshi bo‘lgani uchun xotinini pichoqladi

Termiz shahrida 2021 yilning 14 mart kuni taxminan soat 19.30lar chamasida, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi, X.A. voyaga yetmagan farzandini ko‘rish maqsadida turmush o‘rtog‘i vaqtincha yashab kelayotgan shaharning “Pattakesar-2” mahallasida A.G. bilan o‘zaro tortishib, janjallashishib qolishadi. Bunga esa, turmush o‘rtog‘i A.G. X.A.ga qizini ko‘rishiga to‘sqinlik qilib, o‘rtada janjal kelib chiqadi.

O‘zaro janjal oqibatida, oshxona pichog‘i bilan A.G.ning chap bel biqin sohasiga bir marotaba urib, “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan, 15 mart kuni X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 06:52 23.03.2021. O'qildi: 2505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!