Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryodagi maktab hovlisidan 3-sinf o‘quvchisining jasadi topildi

Surxondaryodagi maktab hovlisidan 3-sinf o‘quvchisining jasadi topildi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi "g‘ayriodiiy o‘lim" bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 27 sentyabr kuni Denov tumanida yashovchi M.Q. (ayol) o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, 2013 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Z.Q.ni Sariosiyo tumaniga olib borib, keyin uyiga qaytib kelgan vaqtida voyaga yetmagan Z.Q.ning sog‘ligi yomonlashadi.

Buni bila turib, uning hayoti xavf ostida qolganligi va o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligini anglagan holda Z.Q.ga yordam ko‘rsatmasdan, shu mahallada joylashgan maktab hovlisiga olib borib tashlab ketganligi oqibatida voyaga yetmagan o‘quvchi maktab hovlisida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 28 sentyabr kuni Denov tumani prokuraturasi tomonidan M.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytiladi.

"Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tuman IIB TB tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olindi",— deyiladi xabarda.

Kiritildi: 20:36 28.09.2022. O'qildi: 5294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!