Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda YPX xodimini urib ketgan haydovchi qamoqqa olindi

A A A
Surxondaryoda YPX xodimini urib ketgan haydovchi qamoqqa olindi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Nexia haydovchisi YPX xodimini urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyati IIB.

Qayd etilishicha, Sho‘rchi tumanida 2021 yilning 12 iyul kuni soat 17:25 larda «Navro‘z» mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-492 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida «Yakkabog‘» mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro X.F. boshqaruvidagi Nexia avtomashinani boshqarib kelib, xizmat faoliyatini olib borayotgan yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lni o‘ngdan chapga kesib o‘tayotgan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati otryadi 4-safarbarlik guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori E.F.ning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan o‘z harakatini davom ettirib, inspektor E.F.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborgan.

Oqibatda inspektor E.F. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

12 iyul kuni X.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 22:17 15.07.2021. O'qildi: 3114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!