Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda o‘rik eksporti boshlandi

Surxondaryoda o‘rik eksporti boshlandi

O‘ziga xos iqlimi va tabiati sabab yurtimizda birinchilardan bo‘lib, erta bahordan meva-sabzavot mahsulotlari pishib yetiladigan Surxon vohasi, xususan, Termiz tumanida shu kunlarda o‘rik hosilini yig‘ishtirib olish mavsumi boshlandi.

Tumanning “Xalqobod” mahallasi hududida joylashgan “SPN Humoagro” MCHJning 58 gektarda ekilgan o‘rikning Turkiya, Italiya va Gresiya kabi davlatlardan keltirilgan 18 turdagi ertapishar, hosildor navlari pishib yetildi.

O‘rik kunlik terib olinib, Rossiyaga eksport qilinmoqda hamda mahalliy aholi iste’moli uchun ichki bozorlarga chiqarilmoqda.

“SPN Humoagro” MCHJ tomonidan bu yilgi mavsum davomida 1,5 ming tonnaga yaqin o‘rik hosilini yig‘ishtirib olish va eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi o‘rni yaratilgan. Bog‘ning har bir gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda.

Kiritildi: 10:19 27.04.2024. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!