Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Angor tumanidagi avtomaktab inspektori S.M. fuqaro A.ga “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini 1 oy muddatda o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan imtihonlarni ijobiy hal qilib olib berish evaziga 1,9 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida ixtiyoriy ravishda qaytargan 1 mln so‘mi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev kecha aynan yuqoridagi kabi holatlarni keskin qoralab, bartaraf etish lozimligini ta’kidlagandi.