Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda prokuror pora bilan qo‘lga tushdi

Surxondaryoda prokuror pora bilan qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori pora olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Xabarda aytilishicha, u Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi yurituvidagi fuqaroga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsada, jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risida mazkur tuman IIBga ko‘rsatma berishini aytib, evaziga 2000 AQSh dollari talab qiladi.

Joriy yilning 5 sentyabr kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 mln so‘mni o‘zining nomidagi plastik kartaga o‘tkazdirib oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, prokuror talab qilingan puldan 1300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan prokurorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 12:21 13.09.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!