Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda noqonuniy saqlanayotgan noyob hayvon turlari hayvonot bog‘iga topshirildi

A A A
Surxondaryoda noqonuniy saqlanayotgan noyob hayvon turlari hayvonot bog‘iga topshirildi

Termiz hayvonot bog‘iga “Qizil kitob”ga kiritilgan 1 bosh morxӯr va 1 bosh buxoro qo‘yi vaqtincha topshirildi, deb xabar qiladi Davlat ekologiya qo‘mitasi Axborot xizmati.

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Angor tumanida qo‘shma reyd tadbirini o‘tkazish davomida “Yangiobod” mahallasida yashovchi fuqaro A.N. tomonidan 1 bosh morxo‘r hamda 1 bosh buxoro qo‘yi noqonuniy ravishda tutqinlikda caqlanib kelinayotganligi aniqlandi. Xozirda qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar morxo‘r va buxoro qo‘yi Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

 

Kiritildi: 05:45 14.01.2020. O'qildi: 3918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!