Surxondaryo viloyatida harakatlanayotgan mashinaga osilib ketayotgan bola videosi tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, YPX xodimlari tomonidan qoidalarda nazarda tutilgan tartib hamda majburiyatlar xususida haydovchi va yo‘lovchiga tushuntirish ishlari olib borilgan.
Haydovchi holatni sezmaganini, 200 metrcha yurganidan keyin bolani ko‘rgach, tushirganini aytgan. Shuningdek, bu xavfli ekani va boshqa takrorlanmasligini ta’kidlagan.