Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan tuzilgan tezkor guruhi tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tezkor tadbirlar davomida viloyat hududida ov qilish bo‘yicha ruxsatnomasi hamda kvotasi mavjud bo‘lmasada Muzrobot tumani «Ipak yo‘li» mahallasida yashovchi fuqaro X.R, Sho‘rchi tumani A.Safarov SIUda yashovchi fuqaro SH.R, «Ohunbobayev» SIUda yashovchi fuqaro B.O, «Alpomish» mahallasi fuarosi A.B, «Bunyodkor» mahallasida yashovchi fuqaro R.X, fuqaro CH.A va M.Alar tomonidan ov qilish talablariga rioya qilmagan holda o‘ziga tegishli bo‘lgan ov qurollari bilan Muzrobot tuman «Ipak yo‘lli» mahallasidagi «Sholipoya» massivida ya’ni chegara zonasida ov qilib yurganligi ma’lum bo‘ldi.
Fuqarolar ushbu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 17-23-27-moddalari va «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunning 32-33-moddalari talablarini qo‘pol ravishda buzishgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolarning har biriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 90-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 20 barobari - 7 million 500 ming so‘mdan jami 52 million 500 ming so‘m ma’muriy jarima chorasi qo‘llanildi.
Viloyat bo‘ylab hamkorlikdagi tezkor reyd tadbirlari davom etmoqda.