Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi

Surxondaryoda ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi

«Nemolchi.uz» loyihasi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida er o‘z xotinini ayovsiz kaltaklagani, «jabrlanuvchining yuzida sog‘ joy qolmagani» haqida xabar berdi.

Voqea haqida jabrlanuvchining opasi instagramda xabar bergan.

Jabrlanuvchi olti yil oldin turmush qurgani, o‘tgan vaqt ichida turmush o‘rtog‘ining tahqir va kaltaklariga chidab kelgani, 16 avgust kungi kaltaklanishi so‘nggi tomchi bo‘lgani aytiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol eri uxlab qolguncha kutib, tong saharda kichik yoshdagi farzandi bilan uydan qochib ketgan. Postda e’lon qilingan kuzatuv kameralaridan olingan videoda ayolning uydan deyarli hech narsasiz, qo‘lida faqat bolasini ko‘tarib chiqqanini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB izoh berdi.

Qayd etilishicha, 15 avgustdan 16 avgustga o‘tar kechasi, tungi soat 02:30 larda Termiz shahrining Mehrabod mahallasida yashovchi fuqaro T.E. hamda uning turmush o‘rtog‘i J.E. o‘rtasida kelib chiqqan oilaviy nizo oqibatida T.E. turmush o‘rtog‘ining yuz-chakka va quloq sohasiga urib jarohat yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

«Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan ayol turmush o‘rtog‘ining doimiy tazyiq yoki zo‘ravonligi ostida bo‘lib kelgani vaji ilgari jabrlanuvchi IIOga xabar bermaganini inobatga olgan holda, alohida o‘rganilmoqda», – deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!