Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda ayol 9 yoshli betob qizni maktab hovlisiga tashlab ketdi. Qiz vafot etdi

Surxondaryoda ayol 9 yoshli betob qizni maktab hovlisiga tashlab ketdi. Qiz vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Dahana” mahallasida joylashgan 57-maktabning 3-sinf o‘quvchisi qotillik qurboni bo‘lgani mazmunida tarqalgan xabarlar tarqaldi.

Aniqlanishicha, Denov tumani “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida yashovchi M.Q. (ayol) 2022 yil 27 sentyabr kuni soat 17-25larda o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, 2013 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Z.Q.ni Sariosiyo tumaniga olib borib, keyin uyiga qaytib kelgan vaqtida voyaga yetmagan Z.Q.ning sog‘ligi yomonlashganini ko‘rib, bila turib, uni hayoti xavf ostida qolganligi va o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligini anglagan holda unga yordam ko‘rsatmasdan, shu mahallada joylashgan Denov tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-maktabning hovlisiga olib borib tashlab ketganligi oqibatida voyaga yetmagan Z.Q. maktab hovlisida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 28 sentyabr kuni Denov tumani prokuraturasi tomonidan M.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tuman IIB TB tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Kiritildi: 20:43 28.09.2022. O'qildi: 7229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!