Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryoda 3 ta iste’molchi 436 mln 144 ming so‘mlik "svet" va gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

A A A
Surxondaryoda 3 ta iste’molchi 436 mln 144 ming so‘mlik "svet" va gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi "O‘zenergoinspeksiya" tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan:

Sherobod tumanidagi "J.F." MCHJga qarashli issiqxona elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 279 mln 936 ming so‘m (622 ming 80 kVt⋅soat);

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "H.M." xususiy korxonasi elektr hisoblagichdan tashqari ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 115 mln 408 ming 800 so‘m (256 ming 464 kVt⋅soat);

Muzrabot tumanidagi "A.F.O." xususiy korxonasi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 42 mln 800 ming so‘m (64 ming 848 metr kub), jami 436 mln 144 ming 800 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Kiritildi: 14:13 29.09.2023. O'qildi: 1212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!