Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda 24-26 mart kunlari uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi

A A A
Surxondaryoda 24-26 mart kunlari uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi

Joriy yilning 24-26 mart kunlari ilk marotaba Termiz tumanida joylashgan "Qorabayr otlari mahorat maktabi"da uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi.

Turnirda mahalliy uloqchilardan tashqari yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlardan ham mohir chavandozlar kuch sinashadi. Sovrin uchun katta pul mukofotlari va ko‘plab qimmatli sovg‘alar qo‘yiladi.

Turnir tashkilotchilari: Surxondaryo viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy gvardiya va Uloq-ko‘pkari federasiyasi.

Kiritildi: 20:50 23.03.2022. O'qildi: 4204 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!