Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

A A A
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Bojxona qo‘mitasi shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tezkor bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlagan Izzatulla G‘ulomov ushbu lavozimda ish boshladi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Izzatulla G‘ulomov ushbu lavozimda ish boshladi.

I.G‘ulomov 1984 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2008 yilda Oliy harbiy bojxona institutini, 2021 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi (bojxona ishi sohasida).

Mehnat faoliyati davomida Buxoro va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri bojxona boshqarmalari, respublika Bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

U tayinlovga qadar Bojxona qo‘mitasi shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tezkor bo‘lim boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 12:14 10.06.2024. O'qildi: 1801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!