Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar F.X., A.J. va I.A fuqaro A.A.ga inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 10 dona “Regapen” nomli dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.SH. fuqaro M.N.ga inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 2 turdagi 96 ta kapsuladagi dori vositalarini 1,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.