Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryo va Navoiyda yer maydonlari olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Surxondaryo va Navoiyda yer maydonlari olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.K. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi 1 gektar yaylov yer maydonini tanishlari yordamida uning nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 125 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-O.” fermer xo‘jaligi rahbari X.X. Nurota tumanidan uzumzor barpo etish uchun ijara shartnomasi asosida ajratilgan 15 gektar yer maydonini fuqaro N.F.ning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga evaziga 50 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:33 26.08.2024. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!