Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Surxon" xususiy klubga aylandi

"Surxon" xususiy klubga aylandi

2023 yilning 6 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Surxon futbol klubini yangi investorlarga berish yuzasidan qaror qabul qildi va mazkur qaror asosida "Surxon" xususiy klubga aylandi.

Ammo bu jarayon oson kechmadi. Sababi Surxon klubining qator xo‘jalik yurituvchi subektlar hamda ishchi-xodimlar bilan bog‘liq katta miqdorda qarzdorligi mavjud edi. Jumladan, 49 nafar futbolchi, murabbiy va boshqa ishchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmagandi. Oqibatda ish Surxondaryo viloyati prokuraturasiga qadar yetib bordi hamda klubning sobiq rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Liga, Assosiasiya hamda O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi hamkorlikda o‘tgan vaqt davomida futbolchi va murabbiylar manfaatlarini himoya qilib keldi. Bunda Surxon klubiga nisbatan qator taqiq va cheklovlar joriy etildi. Natijada bugungi kunga qadar futbol klubining tekshiruv xulosasida aniqlangan qarzdorligi bo‘yicha 43 nafar futbolchi, murabbiy va ishchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar bajarildi. O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita qaroridan kelib chiqib, mazkur masala 16-iyul sanasiga qadar hal etildi.

Biroq yana 6 nafar futbolchi bilan bog‘liq masala ochiq qoldi. Shundan kelib chiqib, 19-iyul kuni Liga Surxon klubi rahbariyati, da’vogar futbolchilar, klubning sobiq rahbariyati manfaatlarini himoya qiluvchi vakillari, futbolchilar uyushmasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda mazkur masala atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining hukmiga asosan aybdor deb topilgan Surxon klubining sobiq rahbariyati 43 nafar sobiq xodimlar bilan hisob-kitob ishlarini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Liga, Assosiasiya hamda Uyushma Surxon futbol klubi bilan bog‘liq ishni olib borishda FIFA nizomlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari normalariga asoslandi. Qolgan 6 nafar futbolchi futbol klubida olib borilgan tekshiruv xulosasidan norozi ekanligini bildirdi. Endilikda ularning mazkur talabi asosida qarzdorlik miqdoriga qayta aniqlik kiritish zarurati vujudga kelmoqda.

Surxon klubining yangi rahbariyati o‘tgan davr davomida Liga tomonidan qo‘yilgan barcha talabni o‘z vaqtida va aniq amalga oshirib keldi. Shunga qaramay, Liga sobiq futbolchi va murabbiylar huquqlarini himoya qilib, klubga nisbatan qator sanksiyalar qo‘lladi. Yuqoridagi holatga aniqlik kiritilguniga qadar ayni vaqtda Liganing Surxon futbol klubiga nisbatan e’tirozi mavjud emas. Yig‘ilishda mazkur masala Uyushma vakillari hamda futbolchilarga rasman ma’lum qilindi. Endilikda Liga O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 2-iyuldagi qarori ustidan Surxon futbol klubi tomonidan yozilgan apellyasiya shikoyatining ko‘rib chiqilishida o‘z munosabati bilan ishtirok etadi.

Kiritildi: 23:38 23.07.2024. O'qildi: 1875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!