The Economist va YouGov o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Papa Leo XIV amerikaliklar orasida AQSh prezidenti Donald Trampdan yuqori reyting qayd etgan.
So‘rov ishtirokchilarining 55 foizi Papa faoliyatini ijobiy baholagan, 24 foizi esa salbiy fikr bildirgan.
Donald Tramp esa 40 foiz ijobiy va 56 foiz salbiy baho olgan.
Papa Leo XIV ayniqsa afroamerikaliklar va ispan tilida so‘zlashuvchi aholi orasida yuqori qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lgan. Shuningdek, u katta yoshdagi amerikaliklar o‘rtasida ham Trampdan yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.