Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Suriyaning yangi rasmiylari Rossiyadan Bashar Asadni topshirishni so‘radi

Suriyaning yangi rasmiylari Rossiyadan Bashar Asadni topshirishni so‘radi

Suriya yetakchisi Ahmad ash-Shara’a Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Suriyaning sobiq rahbari Bashar Asadni topshirishni talab qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Suriyaning yangi ma’muriyati Asadni ekstradisiya qilish masalasini birinchi marta ko‘tarayotgani yo‘q. Yanvar oyi oxirida Reuters ham Damashq Moskvaga tegishli so‘rov yuborgani haqida xabar bergan edi. Shu vaqtda Kreml bunga izoh berishdan bosh tortgan.

Bashar Asad 2024 yil dekabr oyida isyonchilarning tezkor hujumidan so‘ng Suriyani tark etgan. Ikki haftadan kam davom etgan janglardan so‘ng Hay’at Tahrir ash-Shom harakati vakillari Damashqni egalladi va bu Asad rejimining qulashiga olib keldi.

Keyinchalik Suriyaning sobiq prezidenti va uning oila a’zolari Rossiyadan boshpana topgani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 19:19 22.03.2025. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!