Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Suriyaning sobiq harbiylari tarqatib yuborilgani va qurollarni hukumatga qurol topshirganini e’lon qildi

Suriyaning sobiq harbiylari tarqatib yuborilgani va qurollarni hukumatga qurol topshirganini e’lon qildi

Sobiq Suriya armiyasining 8-brigadasi tarkibiga kirgan milisiya tuzilmalari tarqatib yuborilganini va Damashqdagi o‘tish davri hukumati xavfsizlik kuchlariga bo‘ysunishini e’lon qildi.

Bu haqda Asharq al-Awsat nashri xabar bermoqda.

"8-brigada ofiserlari va askarlari barcha qurol-yarog‘lari, shtab-kvartiralari va kazarmalarini Suriya hukumatiga topshirmoqda; ular respublika Mudofaa vazirligiga bo‘ysunadi", — deya nashr harbiy matbuot kotibi kapitan Muhammad al-Qaderiy bayonotidan parcha keltirgan.

Avvalroq xavfsizlik kuchlari Suriya janubidagi Bosra ash-Shom shahri (Damashqdan 110 km uzoqlikda) ustidan nazorat o‘rnatgan, bu yerda qator mahallalarda otishmalar bo‘lib o‘tgan va komendantlik soati joriy etilgan edi. Mahalliy qabilalar shayxlari Damashqqa yordam so‘rab murojaat qilib, 2018 yildan beri janubiy Daraa viloyatini nazorat qilib kelayotgan jangarilarni olib chiqib ketishni talab qilishdi.

Sobiq Suriya armiyasining 8-brigadasi bir vaqtning o‘zida hukumat bilan mahalliy sulh tuzgan muxolifat bo‘linmalari jangchilaridan tuzilgan. Ularning nazorati ostidagi hududlar butunlay avtonom edi.

Kiritildi: 09:01 14.04.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!