Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Suriyadagi shialar masjidida yuz bergan portlashdan so‘ng, mamlakatdagi alaviylar norozilik namoyishlariga chiqdi

Suriyadagi shialar masjidida yuz bergan portlashdan so‘ng, mamlakatdagi alaviylar norozilik namoyishlariga chiqdi

Suriyaning qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi shia alaviylar Imom Ali ibn Abu Tolib masjidiga qilingan hujum ortidan norozilik aksiyalarini o‘tkazdi. Namoyishlar Latakiya, Jabla, Baniyas, Tartus va Kardaha shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Norozilik namoyishlari qatnashchilari alaviylarga o‘zini-o‘zi boshqarish vakolatlarini kengaytirish va xavfsizlik kafolatlari berishni talab qilmoqda.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Latakiya va Tartusdagi tartibsizliklar davomida uch kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan. Halok bo‘lganlar orasida xavfsizlik kuchlari xodimi ham bor. 100 dan ortiq namoyishchi qo‘lga olingan, Latakiyadagi Al-Azhari maydoni atrofidagi hudud esa xavfsizlik kuchlari tomonidan to‘sib qo‘yilgan.

26 dekabr kuni Suriyaning Homs shahridagi shialar masjidida yuz bergan portlash oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab insonlar jarohatlangan edi.

Kiritildi: 23:43 28.12.2025. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!