Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni maqsad qilib farg‘onalik ayol o‘z qizini terrorchilar rahnamolari qo‘liga topshirdi

Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni maqsad qilib farg‘onalik ayol o‘z qizini terrorchilar rahnamolari qo‘liga topshirdi

1977 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan fuqaro E.M. 2019-2021 yillarda Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib, «Sodiq Samarqandiy»ning madrasalarida ta’lim oladi.

Natijada, u ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushib, Suriyaga borish va u yerdagi jangarilardan biriga turmushga chiqishni rejalashtiradi. Shu maqsadda, fuqaro E.M. 2021 yilning mart oyida Turkiyadan doimiy yashash manziliga qaytib kelib, 3 nafar farzandini o‘zi bilan birga olib, «Qirg‘iziston-Turkiya-Suriya» yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida chegara hududida to‘xtatilgan hamda doimiy yashash manziliga qaytarilgan edi.

Olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramay, fuqaro E.M. o‘zining Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadidan voz kechmagan hamda u yerdagi hamfikrlari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishmalarni davom ettirib kelgan.

Shuningdek u internet tarmog‘ida bir qator guruhlar tashkil qilib, guruh a’zolari orasida aqidaparastlik va ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgan hamda Suriyadagi jangarilarga moddiy yordam berishga targ‘ib qilgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan fuqaro E.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fuqaro E.M. jinoiy maqsadiga erishish yo‘lida farzandini ham qurbon qilishga tayyorligini o‘zining balog‘at yoshidagi qizi E.X.ni shu yilning mart oyida Turkiyaga jo‘natib, u yerdagi ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari rahnamolarining qo‘liga ta’lim olishi uchun topshirganligidan anglash mumkin.

Kiritildi: 09:42 01.07.2022. O'qildi: 6218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!