Suriya Ichki ishlar vazirligi Rojdestvo va Yangi yil bayramlarida terrorchilar tomonidan rejalangan bir qator qurolli hujumlarning oldi olingani haqida xabar berdi.
Bu haqda vazirlik o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ichki xavfsizlik kuchlarining maxsus bo‘linmalari operasiya o‘tkazgan va uning davomida “Sarayya al-Javvad” terrorchilik tarmog‘iga aloqador jinoiy guruhlardan birini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Uning a’zolari Latakiya viloyatida Rojdestvo va Yangi yil bayramlari chog‘ida huquq-tartibot idoralari xodimlari va tinch aholiga hujum qilishni rejalashtirgan.
Suriya xavfsizlik kuchlari qidiruvdagi jangarilar yashiringan Duveyr Baabda mahallasini qurshab oldi. Jangarilar taslim bo‘lishdan bosh tortgach, kuchlar binoga bostirib kirgan. Uch radikal o‘ldirilgan, biri qo‘lga olingan. Otishma davomida maxsus bo‘linmalarning to‘rt nafar askari “engil yaralangani” xabar qilingan.
Latakiya viloyatidagi ichki xavfsizlik kuchlari qo‘mondoni general Hilol al-Ahmed Duveyr Baabdada sobiq rejim tarafdorlariga qarshi maxsus operasiya yakunlanmaganini ma’lum qildi.
“Biz tinch aholini terrorchilardan himoya qilish va viloyatda barqarorlikni ta’minlash burchimizdan chekinmaymiz" - deyiladi bayonotda.