Suriya Ichki ishlar vazirligi davlat to‘ntarishiga urinishning oldini olinganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik rahbari Anas Xattobga tayanib, SANA xabar berdi.
Xattob davlat to‘ntarishiga urinish aynan qachon to‘xtatilganiga aniqlik kiritmagan. Biroq avvalgi hokimiyat faoliyatiga aloqador jinoyatchilarni ta’qib qilish bilan shug‘ullanadigan boshqarma tuzilishini aytgan.
Biz ag‘darilgan rejim (Bashar Asad hukumati) ofiserlari tayyorlagan davlat to‘ntarishi rejasini yo‘q qildik. Bu qurolli kuchlarimiz va xalqimizning sa’y-harakatlari tufayli amalga oshdi, dedi ichki ishlar vaziri.
Suriya Mudofaa vazirligi mart oyida sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfni bartaraf etish rejasi ishlab chiqilganini ma’lum qilgandi.