Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Suriyada “Al-Qoida” yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

A A A
Suriyada “Al-Qoida” yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

AQSh Qurolli kuchlari Suriyadagi “Al-Qoida” terrorchilik guruhi rahbarlaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda prezident Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, yo‘q qilingan terrorchi butun mintaqa bo‘ylab “Al-Qoida” bilan hamkorlik qilgan. Gap aynan qaysi yetakchi haqida ketayotgani aytilmagan.

Ushbu dam olish kuni AQSh qo‘shinlari Suriyadagi “Al-Qoida” a’zolaridan biriga yuqori aniqlikdagi aviazarba berdi, dedi prezident.

U AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari Maykl Kurill va harbiy uchuvchilarni muvaffaqiyatli operasiya bilan tabrikladi.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, 15 fevral kuni Suriya shimoli-g‘arbidagi hududga berilgan zarba natijasida “Al-Qoida”ga aloqador “Xurras ad-Din” tashkiloti yetakchilaridan biri o‘ldirilgan. U guruhda moliyaviy operasiyalar va logistika uchun mas’ul bo‘lgan.

Hujum terrorchilarning AQSh fuqarolari va harbiylariga qarshi hujumlarni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha urinishlarini barbod qilish maqsadida amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

2024 yil Pokiston huquq-tartibot idoralari xodimlari “Al-Qoida” yetakchilaridan biri, Usama bin Ladenning yaqin safdoshi Amin ul-Haqni hibsga olgandi.

2023 yil may oyida esa AQSh Markaziy qo‘mondonligi Suriyadagi “Al-Qoida” yetakchisiga uyushtirgan havo hujumi oqibatida oddiy fermer halok bo‘lganini tan olgandi.

Kiritildi: 14:55 18.02.2025. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!