Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Suriya yangi valyutasini muomalaga kiritmoqchi

Suriya yangi valyutasini muomalaga kiritmoqchi

Suriya Markaziy banki raisi Abdulqodir al-Hasriya yangi Suriya valyutasi chiqarilganini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi postida Suriya Markaziy banki rahbari al-Hasriya muomalaga yangi valyuta kiritish to‘g‘risidagi farmon e’lon imzolanganini ma’lum qildi.

Al-Hasriyaning so‘zlariga ko‘ra, yangi valyuta yangi iqtisodiy va pul-kredit davrining boshlanishini belgilovchi muhim milliy voqeadir.

— Yangi Suriya valyutasi ozodlikdan keyingi moliyaviy mustaqilligimizning ramzi bo‘lib, Suriya Markaziy banki rahbarligida barchaning hamkorligi asosida qurilgan yangi davrning boshlanishini belgilaydi. Bu milliy farovonlik, barqarorlik va iqtisodiy tiklanish sari qo‘yilgan mustahkam qadam bo‘lib, ozodlikdan keyin erishilgan yutuqlarga qo‘shimcha bo‘ladi, — deb ta’kidladi Suriya Markaziy banki raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi valyutaga oid to‘liq ma’lumotlar 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda e’lon qilinadi.

Kiritildi: 22:35 26.12.2025. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!