Bugun 20 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

«Suriya tinchlikka tahdid solmaydi»

 «Suriya tinchlikka tahdid solmaydi»

Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shara (sobiq Ahmad al-Julani nomi bilan tanilgan) uning mamlakati qo‘shnilari yoki G‘arbga hech qanday xavf tug‘dirmasligi va yillar davom etgan urushdan so‘ng qayta qurish zarurligini aytdi.

BBC bilan suhbatda al-Shara Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQShni Suriyadan xalqaro sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. 2011 yildan buyon mamlakatga nisbatan jami 300 dan ortiq cheklovlar joriy etildi;

💬 “Bu sanksiyalar avvalgi hukumatga nisbatan joriy qilingan, ularni bekor qilish vaqti keldi. «Siz qurbonni ham, zolimni ham birdek jazolay olmaysiz», - deya ta’kidladi Suriyaning yangi amaldagi rahbari.

Shu hafta boshida BMT ham Suriyadan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirgan edi. BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geir Pedersen al-Shara va muvaqqat bosh vazir Muhammad al-Bashir bilan uchrashib, ularni BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyusiyasiga muvofiq inklyuziv hukumat yaratish va siyosiy o‘tishga erishishga chaqirdi.

Hayat Tahrir ash-Sham (HTS) guruhi rahbari Al-Shara shu oy boshida Bashar al-Assad rejimini ag‘dargan tezkor hujumni boshqargan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, AQSh va Yevropa Ittifoqi HTSni qora ro‘yxatidan chiqarishga shoshilmayapti, ammo al-Shara guruh o‘zgarganini ta’kidlamoqda.

«HTS terrorchi tashkilot emas. Biz hech qachon tinch aholiga yoki fuqaro ob’ektlariga hujum qilmaganmiz. Aksincha, biz o‘zimiz ham rejim jinoyatlarining qurboni bo‘ldik», - deya tushuntirdi harbiy rahbar.

U Afg‘oniston bilan solishtirishni rad etib, Suriyaning o‘ziga xos madaniy va ijtimoiy xususiyatlarini ta’kidladi.

«Suriya Afg‘oniston emas. Bizda boy an’analar, jumladan, xotin-qizlarga ta’lim berish ham bor. Birgina Idlibda universitet talabalarining 60 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etadi», — dedi Al-Shara.

U, shuningdek, yangilangan Suriyada qonun ustuvorligi va Konstitusiyaga urg‘u berib, mamlakat yangi bobni boshlayotganini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 04:20. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!