Bugun 30 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Suriya Rossiyani rad etdi

Suriya Rossiyani rad etdi

Rossiya maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan VCHK-OGPU telegram kanali rossiyalik diplomatlarning Damashqdagi vazifasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanganini tasdiqladi.

"Rossiya Suriyaning yangi hukumatidan harbiy bazalarni uzoq muddatli ijaraga olishda rad javobini oldi," - deb yozadi manba.

Bogdanov yarim yil oldin "qotil va terrorchilar" deb atagan kishilarga qanchalik xushomad qilmasin, Rossiya tomoni Damashqdan rad javobini oldi.

Bu ma’lumotni Bogdanovning o‘zi ham bilvosita tasdiqladi va murakkab bayonot bilan chiqdi: "Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalarining kelajak taqdiri masalasi qo‘shimcha maslahatlashuvlarni talab qiladi va tomonlar ularni davom ettirishga kelishib oldilar".

Kiritildi: 06:01 29.01.2025. O'qildi: 4471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!