Bugun 30 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Putinning shoshadigan joyi yo‘q. Uning maqsadi - Kiyev va Kishinev

Putinning shoshadigan joyi yo‘q. Uning maqsadi - Kiyev va Kishinev

Rossiyalik muxolif siyosiy texnolog, jurnalist va yozuvchi Stanislav Belkovskiyning ta’kidlashicha, AQShdagi prezidentlik saylovlarida Trampning g‘alabasi va uning Rossiya-Ukraina urushiga munosabatidan kelib chiqib, Putin Ukraina va Moldovani nazorat ostiga olish bo‘yicha "B" rejasiga o‘tishi ehtimoldan xoli emas.

O‘tgan yilgi prezidentlik saylovi Moldovada ham vaziyat murakkabligini ko‘rsatdi: amaldagi prezident Maya Sandu hokimiyatni zo‘rg‘a saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

"Putin ikki mamlakatda, ehtimol shu yil yoki biroz keyinroq, Rossiyaga moil kuchlarni hokimiyat tepasiga olib kelishga umid qilmoqda. Ko‘plab boshqa siyosatchilardan farqli o‘laroq, uning shoshilishiga hojat yo‘q. Va shu bilan hammasi tugaydi," - dedi Stanislav Belkovskiy Mark Feygin bilan suhbat chog‘ida.

Kiritildi: 20:30 29.01.2025. O'qildi: 2459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!