Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

"Amerika suyultirilgan tabiiy gazi uchun pul, Rossiya gazi uchun esa nafaqat pul, balki mustaqillik va suverenitet bilan ham haq to‘lash lozim"

"Amerika suyultirilgan tabiiy gazi uchun pul, Rossiya gazi uchun esa nafaqat pul, balki mustaqillik va suverenitet bilan ham haq to‘lash lozim"

Zelenskiy Fisoni ayblayapti. "U Amerika o‘rniga Moskvani tanlayapti".

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Ukraina rahbarini "Slovakiyaning bosh dushmani" deb atagan Slovakiya bosh vaziri Fisoning ayblovlariga javob berdi.

Fiso Ukrainadan Rossiya gazini o‘z mamlakatiga tranzit qilishni qayta boshlashni talab qilmoqda.

"Amerika suyultirilgan tabiiy gazi uchun pul to‘lash kerak, Rossiya gazi uchun esa nafaqat pul, balki mustaqillik va suverenitet bilan ham haq to‘lash lozim. Yevropadagi ko‘pchilik... o‘z mustaqilligi va suverenitetini saqlab qolishni ma’qul ko‘rdi. Ammo janob Fiso bunday qilmadi. U o‘z mamlakatini tijoriy shartlarda gaz bilan ta’minlay oladigan Amerika va boshqa hamkorlar o‘rniga Moskvani tanlamoqda," - deya Ukraina prezidenti o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozdi.

Kiritildi: 20:15 29.01.2025. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!