Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 30 metr balandlikdan tushib ketdi

A A A
Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 30 metr balandlikdan tushib ketdi

Rossiyaning Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik muhojir balandlikdan tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 25 yanvar kuni Kingisepp tumani, Ust-Luga qishlog‘ida yuz bergan. O‘zbekiston fuqarosi Krakole mahallasidagi gazni qayta ishlash zavodida metall konstruksiyalarni montaj qilayotgan bo‘lgan. Oqibatda u 30 metr balandlikdan tushib ketgan.

Jabrlanuvchi kasalxonasining qabul bo‘limiga olib ketilayotganda vafot etgan. O‘zbekiston fuqarosi 42 yoshda bo‘lgan. Hozirda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:42 29.01.2025. O'qildi: 2166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!