Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Assadning amakivachchasi Atef Najib mamlakatning yangi rasmiylari tomonidan hibsga olindi.
Bu haqda Syria TV telekanali xabar bermoqda.
Kanal aniq qayerda va qanday sharoitda hibsga olingani haqida ma’lumot bermayapti. Suriyaning yangi rasmiylari ham bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.
Qayd etilishicha, Asad davrida Najib mamlakat janubidagi Dara viloyatida siyosiy xavfsizlik departamenti rahbari lavozimini egallagan.