Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriya prezidenti Turkiyaga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi

 Suriya prezidenti Turkiyaga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi

Suriya prezidenti Ahmad al-Shara davlatga qarashli “Al-Ixbariya” telekanali orqali xalqqa murojaat qilib, mamlakatni qayta tiklash va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan yangi bosqich boshlanganini e’lon qildi.

U o‘z nutqida Turkiya va uning prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga alohida minnatdorchilik bildirdi .

" 14 yildan buyon xalqimiz yonida bo‘lgan va katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan yetakchi Prezident Erdo‘g‘onni ziyorat qildim. U millionlab suriyaliklarni qabul qildi. Unda men sevgi, do‘stlik va Suriyaning oyoqqa turishiga yordam berish uchun to‘liq qat’iyatni ko‘rdim ", dedi al-Shara.

Uning qayd etishicha, Suriya o‘z tarixidagi fojiali davrni yakunlab, bunyodkorlik bosqichiga o‘tmoqda.

Davlat rahbarining aytishicha, hokimiyat sarmoya kiritish uchun shart-sharoit yaratish, qonunchilikni modernizasiya qilish va tiklanish mexanizmlarini ishga tushirishga e’tibor qaratadi. U suriyalik va xorijiy investorlarni, arab va turk hamkorlarini iqtisodiy tiklanish jarayonida ishtirok etishga taklif qildi.

" Suriya sizga va’da beradi: bu yerlar tinchlik va hamkorlik diyoriga aylanadi. "Ehribonlik bilan uzatilgan har bir qo‘l minnatdorchilik bilan kutib olinadi ", - dedi u.

Prezident nutqidan so‘ng mamlakatning qator shaharlarida yangi yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlovchi mitinglar bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 12:52 15.05.2025. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!