Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Suriya Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya mudofaa ittifoqiga qo‘shilishi mumkin

Suriya Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya mudofaa ittifoqiga qo‘shilishi mumkin

Suriya tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shayboniy mamlakat Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasida Makkada tuzilgan qo‘shma mudofaa kelishuviga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Biroq bu borada hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

"Biz Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya mintaqada juda muhim davlatlar ekanini yaxshi tushunamiz. Albatta, mavjud imkoniyatlarni o‘rganib chiqyapmiz", — dedi ash-Shayboniy.

"Hozirgi vaqtda ushbu ittifoqqa qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik bo‘yicha hech qanday qarorimiz yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi Suriya tashqi ishlar vaziri.

Kiritildi: 16:20 21.08.2026. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!