Rossiyaning Novosti agentligi Suriyaga «Ansor Alloh» guruhining (husiylar) elita qo‘shinlari yetib kelganini xabar qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, husiylar brigadasi kichik guruhlarga bo‘linib Iordaniya orqali isroil bosqiniga qarshi kuchayishning keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish uchun kelgan.
Ayni paytda, isroilning E24 News telekanali mamlakat janubidagi Suriya rasmiysiga tayanib, so‘nggi kunlarda Iroqdan husiylar ham Suriya janubiga yetib kelgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.