Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Suriya hukumati Asadning 50 milliard dollarlik aktivlarini yopiq jamg‘armaga o‘tkazdi

Suriya hukumati Asadning 50 milliard dollarlik aktivlarini yopiq jamg‘armaga o‘tkazdi

Suriya hukumati Asadning 50 milliard dollarlik aktivlarini yopiq jamg‘armaga o‘tkazdi — FT.

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadga tegishli qiymati taxminan 50 milliard dollarga baholangan aktivlar 2025 yilda o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Sharaa tomonidan tashkil etilgan Suriya Suveren jamg‘armasi nazoratiga o‘tkazildi. Bu haqda Financial Times (FT) nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jamg‘arma davlat mulkini hamda Suriyaning sobiq rahbariyati bilan bog‘liq shaxslardan musodara qilingan aktivlarni boshqaradi. Ular orasida sanoat korxonalari, savdo markazlari, ko‘chmas mulk ob’ektlari va banklardagi ulushlar mavjud.

Gazeta manbalari jamg‘arma faoliyatini Ahmad ash-Sharaa nazorat qilishini ta’kidlagan. Uning direktorlar kengashiga Suriya turizm vaziri Mazen as-Salhoniy rahbarlik qiladi, ijrochi direktor lavozimini esa Ibrohim Sukkariye egallagan.

Avstraliya 2018 yilda Sukkariyeni «Jabhat an-Nusra» guruhining ehtimoliy a’zosi sifatida terrorizmga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Financial Times suhbatdoshlarining baholashicha, jamg‘arma Suriya iqtisodiyotini boshqarishda muhim vositaga aylangan. Uning rahbariyati mamlakatning asosiy aktivlari ustidan nazoratni taqsimlash va investisiyalarni jalb qilish jarayonlariga, jumladan, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan sarmoya kiritish masalalariga ta’sir ko‘rsatadi.

Suriya biznes kengashi rahbari Tayer Laham esa ushbu jamg‘armani mamlakatdagi eng boy tashkilot deb atagan.

Kiritildi: 21:15 09.10.2026. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!