Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Suriya hukumati 2018-2019 yillarda Moskvaga ikki tonna naqd pul yuborgan

Suriya hukumati 2018-2019 yillarda Moskvaga ikki tonna naqd pul yuborgan

Financial Times nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jami 250 million dollar miqdoridagi banknotlar tashib borilishi uchun 21 reys amalga oshirilgan.

Suriya banki 2018 yil martidan 2019 yil sentyabriga qadar Rossiyaga samolyotlarda dollar va yevro banknotlarining yirik partiyasini yo‘naltirgan, deb xabar berdi 15 dekabr kuni Financial Times gazetasi Import Genius bojxona ma’lumotlari agregatori ma’lumotlariga tayanib.

FT xabarida aytilishicha, Asad rejimi jami ikki tonna og‘irlikdagi 100 dollar va 500 yevro qiymatdagi banknotalarni Moskvadagi Vnukovo aeroportiga tashib borgan. Ko‘rsatilgan davr mobaynida Suriyadan Moskvaga shu maqsadda 21 reys qatnagan, samolyotlarda jami 250 million dollardan ortiq mablag‘ olib o‘tilgan.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!