Moskva yaqinidagi Reutov masjidida juma namoziga chiqqanlar xavfsizlik kuchlari tomonidan bir soatdan ko‘proq vaqt davomida ushlab turilgan. Guvohlarning aytishicha, namozxonlarga masjid binosidan tashqariga chiqishga ruxsat berilmagan.
Kecha, 13 dekabr kuni Moskva yaqinidagi Reutov masjidida juma namoziga chiqqanlar xavfsizlik kuchlari tomonidan bir soatdan ko‘proq vaqt davomida ushlab turilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, namozxonlarga masjid binosidan tashqariga chiqishga ruxsat berilmagan, ularning bir nechtasi kasal bo‘lib qolgan, odamlar g‘azablangan hamda voqelikni videoga olib, internetga joylagan.
“Bizga Reutovdagi mahalliy masjidda hech bir sababsiz bir soatdan ko‘proq vaqt davomida ushlab turilgan musulmonlardan shikoyatlar kelib tushgan. Mavjud vaziyatda ular o‘zlarini yomon his qilishganini aytishgan", deyiladi Xalqaro musulmon huquqshunoslari uyushmasining telegram-kanalida.
Qo‘shimcha qilinishicha, xavfsizlik xodimlari barcha jamoat namoziga chiqqanlarning hujjatlarini tekshirgan, ularning bir qismini polisiya bo‘limiga olib ketgan.