Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Suriya Bosh vaziri hokimiyatni isyonchilarga topshirdi

A A A
Suriya Bosh vaziri hokimiyatni isyonchilarga topshirdi

Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy hokimiyatni muxolifatdagi «Najot hukumati»ga topshirishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Yakshanba kuni poytaxt Damashqni egallab olgan muxolifat kuchlarining tezkor hujumi natijasida Bashar al-Assad hukumati ag‘darilganidan keyin xalqaro hamjamiyat Suriyani birdamlikka chaqirdi.

OAV xabarlariga ko‘ra, Asad Moskvada, iste’foga chiqqanidan keyin Rossiya hukumati unga boshpana bergan. Bu ommaviy qamoqqa olish, qatl qilish va shafqatsiz qatag‘on bilan mashhur bo‘lgan Baas partiyasining 61 yillik hukmronligiga barham berdi.

XTS ma’muriyatining muhim amaldori Muhammad al-Bashir Suriyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Xabar qilinishicha, u allaqachon XTS rahbari Abu Muhammad al-Juloniy va sobiq bosh vazir al-Jaloliy bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Kiritildi: 03:52 11.12.2024. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!